10:55 / 12.11.2015
3196

Milandagi EXPO 2015 ishtirokchilari O‘zbekistonning eksport salohiyati bilan tanishdi

Joriy yilning may va oktabr oylari o‘rtasida Italiyaning Milan shahrida EXPO Milano 2015 xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etdi.

O‘zbekistonga atalgan 500 kv m hududdagi pavilonda mamlakat taraqqiyoti tarixidan, uning salohiyati hamda mamlakat iqtisodiy hayotidan hikoya qiluvchi ekspozitsiya joylashtirildi. Milliy uslubda yaratilgan stendlar ko‘rgazma mehmonlarining diqqatini tortdi. O‘zbekiston paviloniga 700 ming mehmon tashrif buyurdi.

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, tadbirda mamlakat ishlab chiqaruvchilarining qishloq xo‘jaligi, parrandachilik, baliqchilik, zamonaviy texnologiyalar singari yo‘nalishlardagi mahsulotlari namoyish qilingan.

O‘zbekiston ekspozitsiyasi mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi, deb ta'kidlanadi xabarnomada.

Top