15:52 / 12.11.2015
2721

OAV: Iroqda uyushtirilgan 2 terakt oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi

Iroqning al-Falluja shahrida sodir etilgan 2 portlash oqibatida hukumat armiyasi va ko‘ngillilarning 20 nafar vakili halok bo‘ldi. Bu haqda Al Jazira telkanali xabar bermoqda.

Aytilishicha, jangarilar harbiylarga muayyan reja asosida hujum qilishgan. Ular orasida kamikadzelar ham bo‘lgan.

Mamlakat hududida faoliyat olib borayotgan biror-bir ekstremistik guruh hozircha sodir etilgan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.

Top