18:36 / 12.11.2015
5072

O‘zbekiston milliy kutubxonasida Sardor Milano va Sabina Mustayeva bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

12 noyabr kuni Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston milliy kutubxonasida Rossiyaning “Glavnaya stsena” loyihasi g‘olibi Sardor Milano va “Golos deti” tanlovi g‘olibasi Sabina Mustayeva bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda OAV xodimlari, muxlislar ishtirok etdi.

Tadbir kutubxona qoshida tashkil etilgan ingliz tili xavaskorlarining yosh ijodkorlarga bag‘ishlangan video-rolik namoyishi bilan boshlandi. Tadbir davomida qahramonlar san'at olamiga qo‘ygan ilk qadamlarini yodga olib, kelajakdagi ijodiy rejalar hamda rejalashtirilayotgan konsert dasturlari haqida yig‘ilganlarga ma'lumot berib o‘tdi.

Jumladan, Sardor Milano o‘z yakkaxon konsertini o‘tkazish uchun barcha zarur tayyorgarliklar ko‘rilgani, uning qachon tashkil etilishi haqida yaqin kunlarda ma'lum qilishini aytib o‘tdi

Yosh san'atkorlar muxlislarni qiziqtirgan turli savollarga javob berishdi.

Mirjahon Yusupov, O‘zDJTU talabasi.

Top