10:42 / 12.11.2015
6473

Qirg‘izistonda dollar kursi 72 somdan oshib ketdi

Qirg‘izistonda dollar kursi 72 somdan oshib ketdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda. Bugun Bishkekdagi ayirboshlash punktlari va tijoriy banklar AQSh valyutasini 71.8 somga sotib olib, 72.2-72.4 somga sotmoqda, deb yozadi ular.

Oxirgi 2 haftada dollar 2.2 somga qimmatlashdi.
Qirg‘izistonda ham, mintaqaning boshqa davlatlaridagi singari, dollar kursining oshishi barcha rekordlarni yangilamoqda. Milliy bankning rasmiy kursi – 71.54 som.

Top