17:43 / 12.11.2015
5874

Surxondaryoda o‘z farzandini 5 mln so‘mga sotishga harakat qilgan shaxslar qo‘lga olindi

Surxondaryoda o‘z farzandini 5 mln so‘mga sotishga harakat qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

SVOJJDLQK departamenti Surxondaryo viloyati boshqarmasi va Qiziriq tuman bo‘limi xodimlari hamkorlikda fuqaro T. Qo‘zijonovaning arizasiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda shu tumanda yashovchi fuqaro Qo‘chqor Ashotov ukasi Temir Ashotov bilan 2008 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizi Ungal Beshimovani sotishga harakat qilgan chog‘da qo‘lga olingan.

Ular T. Qo‘zijonovaga qizni 9 mln so‘m evaziga sotib olishni taklif qilgan va undan 5 mln so‘mni oldindan berishni so‘rashgan. Jinoyatchilar aynan shu pullarni olish paytida qo‘lga olindi.

Top