21:44 / 12.11.2015
3040

Uzonline`da 12-13 noyabr kunlari internet xizmatidan foydalanishda uzilishlar sodir bo‘lishi mumkin

Uzonline internet provayderi 12-13 noyabr kunlari davomida O‘zbekistonning ba'zi hududlarida internet xizmati sifati yomonlashishi va xizmatdan foydalanishda uzilishlar ro‘y berishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda Uzonline rasmiy saytida xabar berildi.

"2015 yilning 12-13 noyabr kunlarida, soat 23:00dan soat 06:00gacha Samarqand-Toshkent yo‘nalishida "O‘zbektelekom" AK hamkorlari tarmog‘ida modernizatsiya qilish ishlari olib borilishi munosabati bilan Internet xizmatlari taqdim etilishida xizmat sifati yomonlashishi va uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Xuddi shunday sabablar bilan shu kunlarda Xorazm va Sirdaryo viloyatlarida xizmatlardan foydalanishda noqulayliklar yuzaga kelishi mumkin.
Vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘raymiz", — deyiladi Uzonline rasmiy saytidagi xabarda.

Ma'lumot uchun, "O‘zbektelekom" O‘zbekistondagi eng yirik telekommunikatsiya operatori bo‘lib, u mamlakatdagi internet-provayderlar va mobil aloqa operatorlariga internet-kanallarni ijaraga beradi, internet tarmog‘idan foydalanish xizmatlarini taqdim etadi.

Top