12:10 / 13.11.2015
4363

2015 yilda Qozog‘istonda 800 nafarga yaqin amaldor poraxo‘rlikda ayblandi

2015 yilning 9 oyi davomida Qozog‘istonda 800 nafarga yaqin davlat amaldori poraxo‘rlikda ayblangan. Bu haqda jurnalistlarga Qozog‘iston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurash va davlat xizmatlari agentligi vakili Alik Shpekbayev ma'lum qilgan.

"2015 yilning 9 oyida poraxo‘rlik bilan bog‘liq 1424ta jinoiy ish ochildi va 795 nafar davlat amaldori poraxo‘rlikda ayblandi. Ulardan 9 nafari respublika darajasida, 50 nafari viloyatlar miqyosida, 107 nafari tuman, 48 nafari esa shahar miqyosidagi amaldorlar hisoblanadi", deydi Shpekbayev.

Top