08:47 / 13.11.2015
3091

AQSh Milliy futbol ligasi o‘yinchisi politsiya itiga vovullagani uchun 7 yilga qamoqqa o‘tirishi mumkin

AQSh Milliy futbol ligasining (NFL) “Oklend Rayders” jamoasi o‘yinchisi Rey-Rey Armstrong politsiya itiga vovullagani uchun 7 yilga qamoqqa o‘tirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko‘ra, voqea 8 noyabrda “Pittsburg” jamoasi bilan mehmondagi uchrashuv oldidan yuz bergan – Armstrong kiyinish xonasidan chiqqandan keyin politsiya itiga baqirib, futbolkasini ko‘tarib, ko‘kragiga urgancha itga vovullab ketgan.

Ma'lum qilinishicha, ayni paytda futbolchiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi ko‘rilmoqda. 24 yoshli futbolchi bu bezoriligi uchun 7 yillik qamoq jazosi olishi mumkin.

Top