08:06 / 13.11.2015
3235

Argentina – Braziliya o‘yini bir kunga kechiktirildi

JCh 2018 saralashi doirasida Argentina – Braziliya uchrashuvi kuchli yomg‘ir tufayli bir kunga ortga surildi.

Xabar qilinishicha, Buenos-Ayres shahrida kuchli yomg‘ir bo‘lib o‘tgan. Natijada maydon suvga to‘lgan va muxlislarning tribunada o‘tirishi xavfli tus olgan.

Shu sababli rasmiy mutasaddilar o‘yinni qoldirishga qaror qilishgan. Endi bu o‘yin Toshkent vaqti bilan 14 noyabr kuni soat 05:00da boshlanadi.

Top