07:24 / 13.11.2015
3364

IShID Bayrutdagi teraktlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

IShID jangarilari Livan poytaxti Bayrutda sodir etilgan ikkita terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Ma'lum qilinishicha, birinchi portlovchi qurilma mototsiklga o‘rnatilgan bo‘lgan. Portlash sodir etilgandan keyin odamlar jarohat olganlarga yordam berish maqsadida to‘planganlarida jangari-xudkush ikkinchi portlovchi qurilmani harakatga keltirgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, teraktlar oqibatida 37 kishi halok bo‘ldi, 180 dan ko‘proq odam jarohat oldi.

Qayd etilishicha, portlovchi qurilmalar shaharning janubida joylashgan Burj-al-Barajna lagerida portlatilgan.

Top