19:57 / 13.11.2015
8790

Kim Chen In o‘z marshalini dafn etdi

13 noyabr kuni Shimoliy Koreyada 95 yoshida vafot etgan marshal Li Il Solni dafn etish marosimi o‘tkazildi. Unda mamlakat rahbari Kim Chen In, harbiy qo‘mondonlar, partiya va davlat amaldorlari qatnashdi.

7 noyabr kuni saraton xastaligi tufayli vafot etgan marshalning tobuti Pxenyandagi qahramon inqilobchilar dafn qilinadigan Tesonsan qabristoniga olib kelingan.
Dafn marosimida vitse-marshal Xvan Ben So nutq irod qilgan.

Afsonaviy marshalni so‘nggi yo‘lga kuzatish uchun o‘n minglab kishilar ko‘chalarga chiqishgan.

Top