19:16 / 13.11.2015
11027

KUN.UZ dayjesti: 13 noyabr, O‘zbekiston xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 13 noyabr kuni ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

O‘zbekistonda 2016 yilda 1 millionga yaqin ish o‘rni tashkil qilinishi rejalashtirilgan>>

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasida 2016 yil ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta'minlash dasturi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Elektron hukumat to‘g‘risidagi Qonun loyihasi birinchi o‘qishda tasdiqlandi>>

11 noyabr kuni Parlament quyi palatasi a'zolari “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqishdi. 

O‘zbekistonda 20 noyabrdan 20 dekabrgacha Yong‘in xavfsizligi oyligi o‘tkaziladi>>

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 noyabrdagi qaroriga muvofiq, joriy yilning 20 noyabridan 20 dekabriga qadar mamlakatda Yong‘in xavfsizligi oyligi o‘tkaziladi. 

O‘zbekistonlik IShID jangarisi xalqaro qidiruvga berildi>>

Jizzax shahrida tug‘ilgan, IShID terrorchi guruhi saflariga qo‘shilib ketgan Hurshid Muxtorov O‘zbekistonning huquq-tartibot organlari tomonidan xalqaro qidiruvga berildi.

Fitch: neft narxlari O‘zbekiston davlat banklariga ta'sir qilmadi>>

Neft narxining o‘zgarishi O‘zbekiston davlat banklariga ta'sir qilmadi, deb aytilmoqda Fitch xalqaro reyting agentligi materiallarida.

Bektemir tumani IIB boshlig‘i o‘zgardi>>

Toshkent shahar Bektemir tumani IIB boshlig‘i o‘zgardi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar bermoqda. Aytilishicha, ushbu lavozimga mayor Sherzod Ilhomovich Aliyev tayinlandi.

Tojikiston va O‘zbekiston temir yo‘l o‘tkazmalariga chegirmalar belgilash borasida kelishuvga erishdi>>

“Tojik temir yo‘li” DUP hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” OAJ orasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida temir yo‘l orqali yuk tashishda chegirmalar tizimini yaratish borasida kelishuvga erishildi.

Buxorodagi tuyaqush fermasi ekoturizm zonasiga aylantiriladi>>

Buxoro tumanida joylashgan “Murg‘ak” fermer xo‘jaligi rahbari Mubin Mahkamov o‘ziga tegishli muassasani ekoturzim zonasiga aylantirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Pravda Vostoka” nashri xabar berdi.

O‘zbekistonda Coca Cola ishlab chiqarilishi to‘xtatilishi borasidagi mish-mishlar uydirma bo‘lib chiqdi>>

O‘zbekistonda Coca Cola ishlab chiqarilishi to‘xtatilishi borasidagi mishmishlar uydirma bo‘lib chiqdi. Bu borada tarqalgan gap-so‘zlar Coca-Cola Bottlers Uzbekistan Ltd. kompaniyasi faoliyatining yakunlanishini bashorat qilayotgan edi.

O‘zbekistonda IShID ishtirokchisi 13 yilga ozodlikdan mahrum qilindi>>

12news.uz resursining O‘zbekiston Oliy sudiga tayanib yozishicha, Xorazm viloyatida tug‘ilib o‘sgan Abdullayev Astraxandaligida ekstremistlar ta'sir ostiga tushib qolgan.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” samolyotida shakar sababli bahs kelib chiqdi>>

2015 yilning 1 noyabr kuni Nyu York-Riga-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qatnaydigan “O‘zbekiston havo yo‘llari” samolyotining bort kuzatuvchisi uch xaltacha shakar sababli yo‘lovchi bilan tortishdi. Mazkur tortishuv ishtirokchilaridan biri Shuhrat Abdukarimov ismli “Feysbuk” foydalanuvchisi o‘z profilida videotasvir va izoh qoldirgan.

Qo‘yliqda gashish sotuvchilari tarmog‘i fosh qilindi>>

Toshkent shahar huquq-tartibotchilari tomonidan Qo‘yliq bozori atrofida gashish savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar guruhi qo‘lga olindi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda.

O‘zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Osiyo chempionatida 8 jamoa orasida oltinchi bo‘ldi>>

Xitoyning Uxan shahrida bo‘lib o‘tayotgan 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi futbol bo‘yicha Osiyo chempionati guruh bosqichining uchinchi tur o‘yinlaridan keyin O‘zbekiston terma jamoasi uyga qaytdi.

Bloomberg TV O‘zbekistonning investitsion salohiyati haqida ma'lumot berdi>>

Bloomberg TV telekanali O‘zbekistonning investitsion va iqtisodiy salohiyati haqidagi videorolikni efirga uzatishni boshladi, deb xabar bermoqda Sputnik nashri.

Top