20:32 / 13.11.2015
5670

Turkiyalik ateistlar pasportlardan diniy mansublik haqidagi bandning olib tashlanishini talab qilmoqdalar

Turkiyaning ateistlar (dinsizlar) uyushmasi mamlakat hukumatini dindorlar va ateizm tarafdorlarining huquqlarini tenglashtirishga chaqiruvchi arznoma ostida 4 mingdan ko‘proq imzo yig‘di. The Middle East Eye nashrining ma'lum qilishicha, dinsizlar pasportdagi diniy mansublik haqidagi bandning olib tashlanishi va yangi tug‘ilgan bolalarni musulmonlar sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishni bas qilishni talab qilmoqdalar.

“Biz qonun oldida tenghuquqlikni istaymiz. Biz e'tiqodsizlik haqida gapirganimizda bizni “diniy qadriyatlarni haqorat qiluvchilar” deb qabul qilishlarini istamaymiz”, deb aytmoqdalar arznoma mualliflari. Ular hammasi bo‘lib 5 mingta imzo yig‘moqchi.

Uyushma 2014 yilda Istanbulda tashkil topgan. Uyushmaga a'zo ateistlar diniy tashkilotlarga taqlid qilib chorshanba kunlari boshpanasizlarga bepul yegulik beradilar. “O‘zining e'tiqodsizligi haqida ochiqchasiga gapirish Turkiyaning ko‘plab viloyatlarida hanuzgacha ma'qul ko‘rilmaydi, biroq ijtimoiy muhit va yon-atrofdagilarga bog‘liq ravishda Istanbul, Anqara va Izmir kabi yirik shaharda yashovchi ko‘plab ateistlar o‘zlarining ateist ekanliklarini ommaviy ravishda tan olish tadbirlari uyushtirib turadilar”, deb Ateizm.org forumi asoschisi Aydin Tyurkning aytgan so‘zlarini keltirmoqda nashr.

Rasman Turkiya dunyoviy davlat hisoblanadi, biroq Eurobarometer 2010 yilda o‘tkazgan so‘rovnomalaridan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, Turkiyaning 94 foizi o‘zini dindor, faqatgina bir foizi ateist deb hisoblaydi. Uyushmaning veb-sayti 2015 yil mart oyida turk sudi tomonidan ekstremizmni avj oldirish ayblovi bilan to‘sib qo‘yilgan.

Top