00:30 / 14.11.2015
5761

“Real” hujumchisi Benzema Valbuenani shantaj qilishda ishtirok etganini tan oldi

“Real” hujumchisi Karim Benzema Moskvaning “Dinamo” jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Mate Valbuenani shantaj qilishda vositachi sifatida ishtirok etganini tan oldi.

Avvalroq Benzemaga qamoq jazosi xavf solayotgani ma'lum qilingandi.

“Men Karim Zenati va Mate o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish uchun vositachi bo‘lishimga to‘g‘ri keldi. Men Karim bilan bu ishga qanday yondashish kerakligini muhokama qildim. Biroq ta'kidlayman, men Valbuenaning to‘lamasligi kerakligiga ishonchim komil edi. To‘g‘risini aytganda men karaxt holdaman. Bu vaziyat qayerga kirib qolganini ko‘rganimda o‘zimni ahmoqdek his qilyapman. Axir men Zenatiga ishongandim”, deb Benzemaning so‘zlarini keltirmoqda fransuz OAVlari.

Top