01:32 / 14.11.2015
4640

3D-printerda bosilgan dron 240 km/soatgacha tezlasha oldi

AQShning Stratasys va Aurora Flight Sciences kompaniyalari reaktiv dvigatelga ega uchuvchisiz uchish qurilmasini loyihalashtirib, 3D-printerda bosib chiqardilar, deb xabar bermoqda Business Wire nashri.

Dron juda kichik – 15 kg vaznga ega, biroq 240 km/coatgacha tezlasha oladi. Dronning qanotlari qulochi 15 metrni tashkil qiladi. Qurilma 80 foizga uch fazoli bosma uchun mo‘ljallangan materiallardan yasalgan.

“Bu zamonaviy ishlab chiqarish aerokosmik soha uchun noyob imkoniyatlarni taklif qilishga qodirligining ajoyib namoyishidir”, deb aytdi Stratasys kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo‘yicha bosh menejyeri Skott Sevchik.

Aurora Flightg Sciences kompaniyasi muhandisi Den Kempbellning aytishicha, uz fazoli bosma texnologiyalaridan foydalanish dronni loyihalash va ishlab chiqarish uchun ketadigan vaqtni ikki barobar qisqartirishga imkon berdi.

Top