01:46 / 14.11.2015
4489

Dushanbe hokimi hech qanday standartlarga to‘g‘ri kelmaydigan noqonuniy masjidlarni buzishga buyruq berdi

Dushanbe hokimi Mahmadsaid Ubaydulloyev Dushanbe hududida jamoatchilik joylari ko‘rinishi ostida noqonuniy qurilgan, shaharsozlik, arxitektura, yong‘in xavfsizligi, sanitariya va epidemiologiya talablariga javob bermaydigan noqonuniy masjidlarni buzish haqidagi qarorni imzoladi.

Shahar ma'muriyatidagi manbaning ma'lum qilishicha, qaror 7 noyabrda imzolangan. Qarorda hokim shahar tumanlari rahbarlariga arxitektura, yong‘in xavfsizligi, sanitariya talablariga javob beruvchi noqonuniy qurilgan masjid binolaridan axborot texnologiyalarini o‘rganish markazlari yoki kichik ishlab chiqarish sexlari, madaniy-ko‘ngilochar markazlar sifatida foydalanish va ularda madaniyat, ta'lim, sog‘liqni saqlash obektlari, huquq-tartibot muassasalarini joylashtirish masalasini o‘rganib chiqishni buyurgan.

Top