10:50 / 14.11.2015
4497

Facebook`da Parij terakti munosabati bilan maxsus funksiya qo‘shildi

Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Parijdagi teraktdan keyin fransiyadagilar o‘zlarining tirik va xavfsiz sharoitlarda ekanini bildirishi uchun alohida funksiya joriy qilindi.

Bu orqali feysbuk foydalanuvchilari o‘zlarining ayni vaqtda xavfsiz hududda ekani haqida tanishlari hamda qarindoshlariga xabar qilishlari mumkin.

Funktsiya orqali “O‘zingizni xavfsiz deb belgilash orqali tinch ekanligingizni do‘stlaringizga bildiring. Shunday qilsangiz, ularga xabar beriladi”, degan mazmundagi xabarlar yuborilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Parijda 13 noyabr kechasi 6 tadan 7 tagacha terakt amalga oshirilgan: 4 ta hujumda odamlarga qarata o‘q uzilgan, “Bataklan” konsert zalida odamlar garovga olingan, shahar chetidagi “Stad de Frans” stadioni yonida 3 ta portlash sodir etilgan. Ushbu hujumlar uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Top