07:11 / 14.11.2015
20247

Independent IShID tahdididan xavotirlanayotgan davlatlar ro‘yxatini chop etdi

Nigeriya, Fransiya va Livan IShID jangarilari faolligidan eng ko‘p xavotirlanmoqda, deb ma'lum qilmoqda 2015 yilning bahorida Statista portali o‘tkazgan so‘rovnoma ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda The Independent nashri.

IShIDdan xavfsirayotgan davlatlar ro‘yxatida 1-o‘rinda Nigeriya turibdi, bu davlatda so‘ralganlarning 85 foizi o‘z xavotirlarini bildirishdi. 2-o‘rinda 81 foiz ovoz bilan Fransiya, 3-o‘rinda 76 foiz ovoz bilan Livan turibdi.

Buyuk Britaniya va AQShda IShID harakatlaridan 70 foiz respondentlar xavotirlanmoqda.

Rossiya, Germaniya va Kanadada terrorchilarning harakatlaridan 60 foizdan kamroq so‘ralganlar xavfsiramoqda.

Bu ro‘yxatda oxirgi o‘rinni 25 foizlik ovoz bilan Indoneziya egallamoqda, bu davlat aholisi jangarilarning harakatlaridan eng kam xavotirlanmoqda.

Bahordagi o‘tkazilgan so‘rovnomada Suriya bilan chegaradosh Turkiya aholisining 35 foizi IShIDdan xavotirlanayotgani ma'lum bo‘lgandi, biroq bu mamlakatda oxirgi oylarda sodir etilgan bir qator teraktlardan so‘ng bu ko‘rsatkich yuqoriroqni tashkil qilishi mumkin. 

Top