20:48 / 14.11.2015
10770

KUN.UZ dayjesti: 14 noyabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 14 noyabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Dubay politsiyasi avtoparki Nyurburgring trassasi rekordchisi Porsche 918 Spyder supergibrid avtomobili bilan to‘ldirildi>>

Dubay politsiya boshqarmasi Germaniyadagi Nyurburgring poyga trassasida eng katta tezlikka erishgan Porsche 918 Spyder supergibrid avtomobilini oldi. 

Parijda tomosha g‘ildiragi ko‘rinishidagi mehmonxona barpo etiladi>>

Fransiya poytaxti Parijda Sena qirg‘oqlarida tomosha g‘ildiragi ko‘rinishidagi mehmonxona quriladi. Ushbu antiqa qurilma Wheel Hotel deb nomlanadi.

MAN O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi eksport punktiga aylantirmoqchi>>

Germaniya Truck & Bus mashinasozlik kompaniyasi Markaziy Osiyo davlatlari bozorlariga o‘z mahsulotlarini chiqarish uchun O‘zbekistonni eksport punktiga aylantirishni rejalashtirmoqda, deb ma'lum qildi kompaniyaning mintaqaviy rahbari Yan Kolmayyer Toshkentdagi forumda.

Moskvada «Hilol» nashriyoti uyining kitob do‘koni ochildi>>

2015 yilning noyabr oyi boshida Moskva shahrida «Hilol» nashriyoti uyining yangi kitob do‘koni ish boshladi. Bu haqda Islom.uz sayti xabar bermoqda.

Jirinovskiy Fransiyaning Arabistonga aylanishini bashorat qildi>>

LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy yaqin vaqtlarda Fransiya arab davlatiga aylanishini bashorat qildi. Uning fikri partiya saytida e'lon qilingan.

3D-printerda bosilgan dron 240 km/soatgacha tezlasha oldi>>

AQShning Stratasys va Aurora Flight Sciences kompaniyalari reaktiv dvigatelga ega uchuvchisiz uchish qurilmasini loyihalashtirib, 3D-printerda bosib chiqardilar, deb xabar bermoqda Business Wire nashri.

Guli Asalxo‘jayeva nega ovozini yo‘qotib qo‘ygani tushuntirildi>>

O‘zbekistonlik xonanda Guli Asalxo‘jayevaning ma'muri Ravshan Xo‘jayev san'atkor ovozini yo‘qotib qo‘ygani haqidagi savollarga javob berdi.

Jahondagi ko‘plab binolar Fransiya bayrog‘i tusiga kirdi>>

Jahondagi ko‘plab bino va tarixiy obidalar, Parijda bo‘lib o‘tgan teraktlarga hamdardlik ifodasi tariqasida Fransiya bayrog‘i tusiga kirdi. Bu haqda tvitter foydalanuvchilari xabar bermoqda.

Rossiyalik avtostopchilar Ostona shahridagi tunni issiq bekatda o‘tkazdilar>>

Yaqindagina Ostona shahrining markazida yo‘lovchilarning isinib turishi uchun issiq bekat qurildi. 

Nursulton Nazarboyev qanday kitoblarni mutolaa qiladi? (Foto)>>

Oq o‘rda matbuot xizmati Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning kutubxonasi suratlarini tarqatdi. Suratlar saytning feysbukdagi rasmiy sahifasiga joylashtirilgan.

Germaniyalik shaxs Gitlerning qarindoshi ekanini da'vo qilmoqda>>

Germaniyaning Gerlits shahrida istiqomat qiluvchi 65 yoshli germaniyalik o‘zining Adolf Gitlerga qarindosh ekanini aytgan.

Qozog‘istondan o‘g‘irlab kelingan 178 bosh qo‘y va echki davlat foydasiga musodara qilindi>>

O‘zbekistonning huquq-tartibot organlari qo‘shni Qozog‘iston hududidan qo‘y va echki o‘g‘irlab kelgan bir guruh shaxslarni qo‘lga oldi. Bu haqda “Huquq” nashri xabar bermoqda.

Britaniyalik avtomobilni parallel parkovkalash bo‘yicha Ginness rekordlar kitobiga kiritildi>>

Buyuk britaniyalik Alister Moffat Veybrij shahri yaqinidagi poyga trassasida o‘zining Mini Cooper avtomobilini ikkita boshqa mashina orasiga qo‘ya olgani uchun Ginness rekordlar kitobiga kiritildi. Moffatning mashinasi bilan qo‘shni avtomobillar orasidagi umumiy masofa bor-yo‘g‘i 34 santimetrni tashkil qilgan.

"ru" hududida pochtaga ega foydalanuvchilarga Poroshenko saytida ovoz berish taqiqlandi>>

Elektron pochtasi manzili "ru" hududida bo‘lgan rossiyalik internet foydalanuvchilar bundan keyin Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko saytida ovoz bera olmaydilar. 

OAV: “Surxon” guruhi yana bir bora parchalandimi?>>

“Surxon” folklor guruhida yana bir bora parchalanish yuz berdi. Bir necha yil muqaddam guruhni yakkaxon Mahmud Namozov tark etgan edi. 

Gulchehra Jamilova: xususiy kinoning bozordan farqi qolmadi>>

O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida O‘zbekistonda bugungi kunda tushirilayotgan kinolar haqidagi keskin fikrlarini ochiq-oydin bildirdi.

Dubaydagi yong‘inlar jyetpaklar yordamida o‘chiriladi>>

Dubayning fuqaro mudofaasi qo‘mitasi Yangi Zellandiyaning Martin Aicraft kompaniyasidan osmono‘par binolardagi yong‘inlarni o‘chirish maqsadida 20ta jyetpak (yelkaga osiladigan reaktiv qurilma yordamida parvoz qiladigan shaxsiy uchish moslamasi) uchun buyurtma berilganini e'lon qildi, deya xabar qilmoqda The Daily Dot.

Facebook yozishmalarning o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketish funksiyasini sinovdan o‘tkazmoqda>>

Facebook’ning Fransiyadagi foydalanuvchilari yozishmalarning o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketish funksiyasini sinovdan o‘tkazmoqdalar, deb xabar bermoqda Engadget nashri.

AQShda mashinalar sotuvchi 5 qavatlik avtomat ishga tushirildi>>

Tutilgan avtomobillarni sotuvchi Carvana kompaniyasi AQShning Tennessi shtatidagi Neshvill shahrida mashinalar sotuvchi avtomatni ishga tushirdi. Mijozlar sotuvga qo‘yilgan avtomobillarning ko‘rsatkichlari bilan tanishib, jyeton ko‘rinishidagi tanga yordamida xaridni amalga oshirishlari mumkin, deb xabar bermoqda Gizmag nashri.  

Politsiya "guglomobil"ni past tezligi uchun to‘xtatdi>>

Kaliforniya ko‘chalarida sinovdan o‘tayotgan Google`ning o‘zini o‘zi boshqaradigan mashinasi juda sekin harakatlanayotgani sababli politsiya tomonidan to‘xtatildi.

Top