17:28 / 14.11.2015
9507

MDH Aksilterror markazi ma'lumotlar bazasida 73 terroristik va ekstremistik tashkilot haqida axborotlar bor

MDH Aksilterror markazining ma'lumotlar bazasida 73 terroristik va ekstremistik tashkilotlar haqida axborotlar mavjud. Bu haqda Markaziy, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari uchun Xalqaro prokurorlar assotsiatsiyasi konferensiyasi arafasida MDH Aksilterror markazi rahbari o‘rinbosari militsiya general-mayori Kanat Kojaxmetov ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur tashkilotlar faoliyati hamdo‘stlik mamlakatlari milliy qonunchiligida taqiqlangan. Maxsus ma'lumotlar banki MDH chegaralarini tark etib, Yaqin Sharqdagi xalqaro terroristik tashkilotlar safida urush olib borishga qo‘shilgan shaxslar haqidagi axborotlar bilan boyitib boriladi.

“Bizning ma'lumotlardan chegara mahkamalari va penitentsiar (jinoiy-ijroiya) tuzilmalari tuzilmalari, migratsiya tashkilotlari hamda moliyaviy razvedka tuzilmalari foydalanishi mumkin. O‘z vakolati doirasida Aksilterror markazi MDH davlatlari huquqni muhofaza qilish organlari va maxsus xizmatlariga terroristik va ekstremistik xarakterdagi jinoyatlarni sodir etib, xalqaro qidiruvga berilgan shaxslar ro‘yxatini taqdim etadi. Bu tezkor qidiruv tadbirlari samaradorligini oshiradi”, - deya qayd etdi Kojaxmetov.

Top