09:20 / 14.11.2015
7622

Obama: bu faqat Parijga emas, butun insoniyatga hujumdir

AQSh prezidenti Barak Obama Parijdagi hodisalarga munosabat bildirdi, deya xabar berdi Reuters.
“Bu faqat Parijga emas, butun insoniyatga hujumdir”, - dedi u. Obama AQSh fransuz tomoniga har qanday zarur yordamni ko‘rsatishga tayyor ekanini aytib o‘tdi. Prezident Fransiya — Qo‘shma Shtatlarning eski do‘sti va sherigi ekanini qayd etdi.

Obama so‘zlariga ko‘ra, bunday vaziyatda fransuzlarning “Erkinlik, tenglik, birodarlik” shiori jumla jahonnikiga ham aylanadi.
“Hozircha biz bo‘lib o‘tganlarning barcha tafsilotlarini bilmaymiz”, - qo‘shimcha qilib, halok bo‘lganlar va jabrlanganlar oilalariga hamdardlik bildirdi.
Amerika yetakchisi jinoyatchilar albatta javobgarlikka tortilishiga va'da berdi.

U shuningdek, AQSh Fransiyaga terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda yordam berishini ta'kidladi.
Parijdagi hujumlarni esa “mamlakatlar fuqarolarini terrorlashtirishga da'vat qilishga urinish” sifatida baholadi.
Obama bunday vaziyatda Fransiya prezidenti Fransua Olland bilan telefon orqali suhbatlashmaslikka qaror qilganini aytib, ayni paytda uning juda ham band ekaniga ishonishini, avvalroq esa G20 munosabati bilan gaplashib olishganini ta'kidladi.

Top