19:38 / 14.11.2015
4209

O‘zbekistonda Butun dunyo diabetga qarshi kurash kuni o‘tkazildi

Bugun, 14 noyabr kuni O‘zbekistonda ham Butun dunyo diabetga qarshi kurash kuni o‘tkazildi. Bu kun 1991 yilda Xalqaro diabet federatsiyasi va Butun dunyo sog‘liqni saqlash tashkiloti hamkorligida alohida kun sifatida belgilab olingandi.

Bu kunning tanlanishiga 1891 yilda Frederik Banting tomonidan insulin kashf qilingani asos bo‘lgan.

2007 yildan buyon bu kun BMT tarkibidagi barcha mamlakatlarda o‘tkazib kelinadi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, hozirda dunyoda 400 milliondan ortiq kishi qandli diabet bilan xastalangan.

Bugun Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida, shuningdek, barcha viloyat endokrinologiya dispanserlarida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Barcha istovchilar qandli diabet bo‘yicha zarur maslahat va tashxis yordamini olishdi.

Diabetga qarshi kurash oyligi doirasida Toshkentning Yunusobod tumanidagi 52-oilaviy poliklinikada, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasida, Borovskiy va Oxunboboyev nomidagi tibbiyot kollejlarida skrining kunlari uyushtirilib, markaz mutaxassislari xavf guruhiga kiruvchi aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilish belgilangan.

Top