07:50 / 14.11.2015
13955

Parijda sodir etilgan 6 ta teraktda halok bo‘lganlar soni 150 dan oshib ketdi

Parijda sodir etilgan 6 ta teraktda halok bo‘lganlar soni 150 dan oshib ketdi, deb xabar bermoqda CNN telekanali.  

Turli ma'lumotlarga ko‘ra, Parijda 13 noyabr kechki payt 6 tadan 7 tagacha terakt amalga oshirilgan: 4 ta hujumda odamlarga qarata o‘q uzilgan, “Bataklan” konsert zalida odamlar garovga olingan, shahar chetidagi “Stad de Frans” stadioni yonida 3 ta portlash sodir etilgan. Ushbu hujumlar uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan.  

Avvalroq Parij rasmiylari 140 kishi halok bo‘lganini ma'lum qilishgandi. Parij prokurori Fransua Molens teraktlar Parijning 6 ta joyida bir vaqtda sodir etilganini ma'lum qilgan.  

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, hujumlar qurbonlari soni 153 nafarga yetgan, ulardan 112 nafari maxsus xizmatlar tomonidan ozod etilgan “Bataklan” konsert zalida halok bo‘lgan.

Ko‘plab odamlar yaralangan, evakuatsiya ishlari olib borilmoqda. Fransiya bo‘ylab favqulodda vaziyat tartibi kiritildi, chegara nazorati kuchga kirdi, xavfsizlikni ta'minlash maqsadida 1,5 ming harbiy safarbar qilindi.

Top