18:54 / 14.11.2015
3188

Parijdagi voqealardan keyin Germaniya va Gollandiya terma jamoalari uchrashuvi bekor qilinishi mumkin

Bugun, Yevro-2016 turnirining pley-off o‘yinlari doirasida Stokgolm shahrida Shvetsiya-Daniya uchrashuvi o‘tkaziladi. Bu uchrashuv oldidan xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Bunga 13 noyabr kuni Parijda yuz bergan davomli teraktlar sabab bo‘ldi.

Shuningdek, 17 noyabr kuni Gannover shahrida o‘tkazilishi belgilangan Germaniya va Gollandiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi so‘roq ostida qolmoqda. Bunga ham Parijdagi teraktlar sabab.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya poytaxti Parij shahrida 13 noyabr kuni oqshomida davomli teraktlar sodir etildi. Portlashlardan biri Fransiya va Germaniya terma jamoalari ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan o‘rtoqlik uchrashuvi vaqtida, "Stad de Frans" stadioni darvozasi oldida sodir etilgan va bu portlash tufayli 3 kishi halok bo‘lgan.

O‘yinning birinchi taymi vaqtida sodir bo‘lgan teraktlar haqida ma'lumotlar kela boshlagach, o‘yinni kuzatish uchun stadionga kelgan Fransiya prezidenti Fransua Olland darhol evakuatsiya qilinishgan, tomoshabinlar orasida vahima boshlanmasligi uchun bu haqda e'lon berilmagan va o‘yin davom ettirilgan.

Top