18:45 / 14.11.2015
6219

Quvaysoyda tug‘ruqxona mudiri birovning chaqalog‘ini 2 ming dollarga sotayotganida qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyati Quvaysoy shaxri tug‘ruqxonasi mudiri birovning 2 ming dollarga chaqaloq sotayotganida qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, Muhriddin Satimov shahar tug‘ruqxonalarining birida mudir vazifasida ishlab kelgan. Fuqaro Q. Shayimova uni odam savdosida ayblab, tegishli idoralarga ariza bilan murojaat qilgan. Natijada amaldor tug‘ruqxonada Nigora Tashlanovaning chaqalog‘ini Q. Shayimovaga 2 ming dollarga sotayotganida qo‘lga olindi.

Sud qarori bilan Satimov odam savdosida ayblanib, uzoq yillarga ozodlikdan mahrum qilindi.

Top