10:52 / 14.11.2015
4943

Teraktlardan so‘ng parijliklarga qo‘noqlar taklif qilinib, taksichilar yo‘lovchilarni bepul eltmoqda

Fransiya poytaxti aholisiga juma kuni tunda Parij shahrida bo‘lib o‘tgan qo‘poruvchilik harakatlaridan so‘ng bir-biriga faol ko‘mak bermoqda. Twitter mikrobloglarida teraktlar sodir bo‘lgan hududlarda politsiya to‘siqlari sababli uyiga qayta olmayotgan, tunash uchun qo‘noqqa muxtoj kishilarga joylar taklif qilindi.

Parij taksichilari esa taksometrlarni o‘chirgan holda yo‘lovchilarni uylariga bepul eltib qo‘ymoqda. Shahardagi yirik taksomotor kompaniyalaridan hisoblangan LNT xabarida shifoxonalar uchun taksilar zarurligi aytilib, barcha hamkasblar ko‘makka chaqirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Parijda 13 noyabr kechasi 6 tadan 7 tagacha terakt amalga oshirilgan: 4 ta hujumda odamlarga qarata o‘q uzilgan, “Bataklan” konsert zalida odamlar garovga olingan, shahar chetidagi “Stad de Frans” stadioni yonida 3 ta portlash sodir etilgan. Ushbu hujumlar uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Top