01:07 / 15.11.2015
4065

Yevropa Ittifoqi yetakchilari: Parijdagi terakt – barchamizga hujum

Yevropa Ittifoqi davlatlari va hukumatlari yetakchilari qo‘shma bayonotda Parijda sodir etilgan teraktlarni YeIning barcha davlatlariga hujum deb aytishdi.

“Yevropa Ittifoqi Parijdagi teraktlardan karaxt holatda va iztirobda. Bu barchaga hujumdir. Biz bu xavfga barcha zarur vositalar va ayovsiz qat'iyat bilan qarshi chiqamiz”, deb aytilmoqda bayonotda.

Yetakchilar Fransiya xalqining buyukligi va kuchliligini, uning qadriyatlari – erkinlik, tenglik va birodarlik “Yevropa Ittifoqini ilhomlantirgan va ilhomlantirmoqda”, deb ta'kidladilar. Ularning aytishicha, YeI Fransiya bilan birga va terrorchilik va ekstremizmni mag‘lub etish uchun barcha ish qilinadi

Yevropa Ittifoqi davlatlari yetakchilari 16 noyabrda teraktda halok bo‘lganlarning xotirasini bir daqiqalik sukut saqlash bilan yod etishga chaqirishdi.

“Biz yevropaliklar 2015 yil 13 noyabrni Yevropa motami kuni sifatida yodimizda saqlab qolamiz”, deb aytilmoqda bayonotda.

Top