21:12 / 15.11.2015
4296

Merkel va germaniyalik vazirlar Gollandiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishiga qarshi chiqmoqda

Germaniya kansleri Angela Merkel boshchiligidagi yuqori lavozimli nemis amaldorlari Germaniya milliy terma jamoasining 17 noyabr kuni Gollandiyaga qarshi o‘tkazilishi belgilangan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishiga qarshi chiqishmoqda. Bu haqda Bild nashri xabar bergan.

Bundan oldinroq, Parijdagi teraktdan keyin Gannoverda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan bu uchrashuvning bo‘lib o‘tishi katta so‘roq ostida qolayotgani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya poytaxti Parij shahrida 13 noyabr kuni oqshomida davomli teraktlar sodir etildi. Portlashlardan biri Fransiya va Germaniya terma jamoalari ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan o‘rtoqlik uchrashuvi vaqtida, "Stad de Frans" stadioni darvozasi oldida sodir etilgan va bu portlash tufayli 3 kishi halok bo‘lgan.

O‘yinning birinchi taymi vaqtida sodir bo‘lgan teraktlar haqida ma'lumotlar kela boshlagach, o‘yinni kuzatish uchun stadionga kelgan Fransiya prezidenti Fransua Olland darhol evakuatsiya qilinishgan, tomoshabinlar orasida vahima boshlanmasligi uchun bu haqda e'lon berilmagan va o‘yin davom ettirilgan.

O‘yindan keyin har ikki jamoa futbolchilari tashqarida bir necha soat davomida xavfsizlik ta'minlanmaguniga qadar maydonda qolishgandi. Germaniyaliklar stadiondan chiqib, to‘g‘ri aeroportga yo‘l olishgan.

Top