16:55 / 15.11.2015
3734

Misr-Isroil chegarasida 15 afrikalik otib ketildi

Misr politsiyasi Isroil hamda G‘azo sektori bilan chegara yaqinida 15 nafar otib ketilgan afrikalik muhojirlar jasadini aniqladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qildi.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, Sinay yarimoroli shimolida Rafax shahridan janubroqda muhojirlarga qarata o‘q uzilgan. Xuddi shu hujum natijasida sakkiz kishi jarohat olgan. Hozircha otishma kim tomonidan uyushtirilgani va qurbon bo‘lganlar qaysi davlat fuqarolari ekani aniqlashtirilmagan.

Sinay yarimoroli shimoli janubiy qismidan farqli ravishda, so‘nggi o‘n yillarda sayyohlik biznesi barbod bo‘lgan, Shimoliy Sinay noturg‘un va qambag‘al hudud hisoblanadi. Bu yerda bir qator jangarilar guruhi, jumladan, “Vilayyat Sinay” faoliyat olib boradi. Ayni shu jangarilar 31 oktabr kuni Rossiya yo‘lovchi samolyotining falokatiga aloqador ekanini ma'lum qilgan edi.

Top