15:47 / 15.11.2015
2938

Namangan viloyatida noqonuniy yog‘ ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelgan shaxs qo‘lga olindi

Namangan viloyatida noqonuniy yog‘ ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri xabar bermoqda.

Aytilishicha, fukaro Valijon Davlatov yog‘ va kunjara ishlab chiqarib, pul topish harakatiga tushgan. U Namangan shahri hududidagi Jahon bozoridan 2.3 mln so‘mga moyjuvoz va ehtiyot qismlarini, 3.3 mln so‘mga esa 3 tonna paxta chigitini xarid qilgan.

U o‘z uyida noqonuniy yog‘ ishlab chiqarib, bozorda sota boshlagan. Ammo SVOJJDLQKDning navbatdagi reydlaridan birida qo‘lga olindi.

Tergov harakatlaridan so‘ng sud V. Davlatovning ushbu jinoiy harakatiga tegishlicha baho berdi.

Top