15:45 / 15.11.2015
4109

Putin: Terror xavfini faqatgina butun dunyodagi kuchlarni birlashtirish orqali bartaraf etish mumkin

Terroristik tahdidlarni bartaraf etish va qochqinlarga ko‘mak ko‘rsatish ishlarini faqatgina butun dunyodagi kuchlarni birlashtirish orqali amalga oshirish mumkin. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyaning Antaliya provinsiyasida bo‘lib o‘tayotgan G20 sammiti maydonida BRIKS davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida aytib o‘tdi.

“Biz terroristik tahdidlarni bartaraf etish va o‘z uylaridan ayrilgan millionlar qishilarga yordam berishni faqatgina butun dunyo hamjamiyati kuchlarini birlashtirish orqali amalga oshirish mumkinligini yaxshi bilamiz”, - dedi Putin.

Rossiya yetakchisining qayd etishicha, terrorizm xavfiga yaqindagina Parij shahrida barcha guvoh bo‘ldi. “Jabrlangan kishilarga xayrixohlik bildiramiz, ammo har doim terroristik tahdidlariga qarshi samarali kurashda barcha kuchlarni birlashtirish tarafdori bo‘lib qolaveramiz, - dedi Putin o‘z so‘zida. - Albatta, bunda BMT Ustaviga mos xalqaro me'yorlar doirasida harakat qilish lozim”.

Top