19:18 / 15.11.2015
8076

Putin va Obama G20 sammiti arafasida qo‘l siqishib ko‘rishishdi

AQSh prezidenti Barak Obama va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyaning Antalya shahrida boshlangan G20 sammiti vaqtida uchrashishdi va qo‘l siqishib ko‘rishishdi. Bu haqda "RIA Novosti" nashri xabar tarqatgan.

Ushbu rahbarlar muzokaralarga kirishishdan oldin suratga tushishgan.

Qayd etilishicha, muzokaralar xonasiga yo‘l olgan siyosatchilar bitta liftda yuqoriga ko‘tarilishgan: Putin va Obamaning yonida Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker hamda Germaniya kansleri Angela Merkel bo‘lgan.

Fransiyada bo‘lib o‘tgan voqealar sababli IShID va terrorizm sammit kun tartibidagi asosiy mavzulardan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Top