09:03 / 15.11.2015
3627

Shvetsiya Daniyani 2016 yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritish uchun birinchi uchrashuvda yutdi

Shvetsiya terma jamoasi Daniya terma jamoasini futbol bo‘yicha 2016 yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritish uchun o‘tkazilayotgan pley-off bahslarining birinchi uchrashuvida 2:1 hisobida yutdi. Uchrashuv Stokgolmdagi “Frends-Arena” stadionida bo‘lib o‘tdi.

Shvetsiyalik futbolchilar Emil Forsberg va Zlatan Ibragimovichning gollariga daniyalik futbolchi Nikolay Yorgensen bitta javob to‘pi qaytardi.

Javob uchrashuvi 17 noyabrda Daniyada bo‘lib o‘tadi.

YeCh-2016. Pley-off bahslari. 1-o‘yin
Shvetsiya — Daniya — 2:1
Gollar: Forsberg, 45 (1:0); Ibragimovich, 50 (2:0, pen); Yorgensen, 80 (2:1).

Top