18:29 / 15.11.2015
7984

Siyosatchi: G‘arbda Parijdagi teraktlarga javob berishning uch varianti bor

Parijdagi terroristik hujumlardan so‘ng G‘arbda kelgusidagi harakatlarning uchta varianti mavjud, deya yozmoqda Londonning Osiyo-Tinch okeani fondi xalqaro xavfsizlik bo‘yicha direktori Sanjan Goxel CNN saytiga.

“Birinchidan, ular samarasizligini namoyish etib ulgurgan IShIDga qarshi joriy strategiyani davom ettirishlari mumkin. Ikkinchidan, IShID infratuzilmalarini barbod etish uchun Suriya va Iroqdagi mahalliy ittifoqdoshlar bilan birgalikda yer usti harbiy amaliyotlarini boshlashadi. Uchinchidan, G‘arb Iroq va Suriyadan shunchaki voz kechadi”, - deya yozmoqda u. Ushbu variantlarning har biri o‘ziga xos xavflarni mujassam etgan, qayd etadi ekspert.

Biroq uning fikricha, agarda G‘arb terrorizmga qarshi “shafqatsizlik” bilan kurash haqida e'lon qilgan o‘z bayonotini amaliy harakatlari bilan mustahkamlasa, Yevropa va AQShda yanada yirik teraktlar sodir etilishini kutish mumkin. Hozircha g‘arb yetakchilari o‘z “siyqasi chiqqan” strategiyalarini namoyon etgani yo‘q.
Tahlilchi IShID G‘arbning Suriya va Iroqda yer usti harbiy amaliyotlarini o‘tkazmasligiga ishonishiga e'tibor qaratdi. Chunki bu murakkab razvedka ishlarini olib borish, IShIDning potensial marralarini aniqlashni taqozo etadi. Terroristlar harakat yo‘nalishlarini o‘zgartirishni o‘zlashtirgan bo‘lib, ular infratuzilmalarini aviazarbalar bilan yo‘q qilish juda murakkab.

Top