10:33 / 15.11.2015
4865

WebMoney: "Bo‘ydoqlar kuni"da o‘zbekistonlik xaridorlar o‘rtacha 18 dollar sarf qildi

WebMoney "Bo‘ydoqlar kuni" munosabati bilan Alibaba kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan chegirmalar kunida MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlari orasida onlayn-do‘kon bilan hisob-kitob uchun WMZ-hamyonidan foydalangan davlatlardagi xaridlarning o‘rtacha narxini hisoblab chiqdi. 

Kompaniya bergan ma'lumotlar ko‘ra, WebMoney Transfer xalqaro hisob-kitob tizimi mavjud bo‘lgan barcha mamlakatlar bo‘yicha o‘rtacha xarid cheki 5 foizga, umumiy aylanma esa 115 foizga oshgan. 

Reytingda o‘rtacha xaridi 18,1 dollarga teng bo‘lgan O‘zbekiston yetakchilik qildi. Undan keyingi o‘rinlarni Estoniya (17,5 dollar) va Turkmaniston (17 dollar) egalladi. Rossiyadagi o‘rtacha xarid cheki 10,6 dollarga teng bo‘lgan. Reytingning quyi qismidan Qirg‘iziston (10,5 dollar), Moldaviya (9,5 dollar) hamda Armaniston (8,9 dollar) joy egallashdi. 

Ma'lumot uchun, Alibaba “Bo‘ydoqlar kuni”ni 2009 yildan buyon o‘tkazib keladi. Joriy yilda marosim shtab-kvartirasi Pekinga ko‘chirildi va unda yangi xorijiy brendlar taklif qilindi. Ochilish marosimida Deniyel Kreyg, Kevin Speysi va aktyorlar ishtirok etdi. 

Top