16:39 / 15.11.2015
4665

Xorazmlik shifokor 300 dollar pora tufayli 5 yilga qamaldi

2015 yil 5 iyun kuni Xorazm viloyati Hazorasp tumani Pitnak shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlangan Sherzod Ollaberganov pora ustida qo‘lga tushdi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.

Aytilishicha, u qabuliga kelgan fuqaro O. Azizovaning ish so‘rab kirishi chog‘ida Ollaberganov qizdan 300 dollar so‘ragan.
O. Azizova rahbarning noqonuniy talabi ustidan tegishli joylarga arz qilgan. Natijada Ollaberganov jinoyat ustida qo‘lga olindi.
Sud hukmi bilan u 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Top