17:17 / 16.11.2015
5421

AQShdagi o‘zbek yoshlari o‘rtasida "Oltin qalam" nomli nomli o‘zbek tilidagi insholar tanlovi o‘tkazildi

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 26 yilligi munosabati bilan Chikago o‘zbek-amerika assotsiatsiyasi tomonidan "Oltin qalam" nomli nomli o‘zbek tilidagi insholar tanlovi o‘tkazildi.

Kun.uz nashriga ma'lum qilishlaricha, insho uchun 1 oy muhlat berilgan edi. Shu vaqt mobaynida bir qancha insholar kelib tushgan. Ushbu insholar orasidan malakali ona tili o‘qituvchilari tomonidan 3ta eng yaxshi yozilgan insholar ajratib olingan. Insho mualliflari aniqlangan va taqdirlangan.

Insho mavzulari quyidagicha edi:
"O‘zbek tili-ona tilim"
"O‘zbekiston vatanim mening"
"Men o‘zbekman"

Tanlovda birinchi o‘rinni pensilvaniyalik Hasanjon Abdurahimov, 2-o‘rinni Chikago O‘zbek maktabi o‘quvchisi Sevara Qodirova, 3-o‘rinni pensilvaniyalik Muslima Mirzaxanova egallagan.

G‘olibga Amazon Kindle Paperwhite elektron kitobi, faxriy yorliq hamda Oltin qalam ramzi tushirilgan kiyim yuborilgan.

Ikkinchi o‘rin egasiga 70 dollarlik Barnes&Noble kitob do‘konining sovg‘a kartasi, faxriy yorliq hamda oltin qalam ramzi tushirilgan kiyim yuborilgan.

Uchinchi o‘rin sohibiga ham 50 dollarlik Barnes&Noble kitob do‘konining sovg‘a kartasi, faxriy yorliq va oltin qalam ramzi tushirilgan kiyim yuborilgan.

Chikago o‘zbek-amerika assotsiatsiyasi prezidenti Olim Shariov barcha qatnashchilarga hamda shu tanlovni uyushtirgan bord a'zolariga barcha chikagoliklar nomidan tashakkur aytgan hamda o‘zbek tilini asrash har bir o‘zbekning vazifasi ekanligini eslatib o‘tgan.

Top