22:35 / 16.11.2015
2868

Erdo‘g‘an: G20 terrorchilik tashkilotlarini bir-biridan farqlamaydi

G20 davlatlari yetakchilari terrorchilik tashkilotlarini biror-bir jihati bo‘yicha farqlamaydilar, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

“Biz terrorchilik tashkilotlarini ajratmaymiz. Agar bunday qiladiganlar bo‘lsa, ular katta xatoga yo‘l qo‘yadilar”, deb aytdi Erdo‘g‘an matbuot-anjumanida.

Erdo‘g‘an ta'kidlaganidek, G20 davlatlari xalqaro terrorchilikka qarshi kurashni davom ettirishga tayyorlar, Suriyadagi ixtilofning barcha ishtirokchilari o‘rtasida kelishilgan rezolyutsiyasiz bu kurashning iloji bo‘lmaydi.

Top