16:47 / 16.11.2015
5867

Facebook Parij va Bayrutdagi teraktlarga ikki xil munosabatda bo‘lgani bois tanqid ostiga olindi

Parijda sodir etilgan qo‘poruvchilik harakatlaridan so‘ng internetda eng qizg‘in muhokama qilinayotgan masalalardan biri Facebook ijtimoiy tarmog‘i bo‘ldi. Gap shundaki, tarmoq fransiyalik foydalanuchilarga “xavfsizlik tekshiruvi” xizmatini taqdim etdi, shuningdek, foydalanuvchilarga o‘z avatarlariga Fransiya bayrog‘ini o‘rnatishni talab qildi.

Bir kun oldin Bayrutda sodir bo‘lgan teraktlar esa ijtimoiy tarmoqda aks etmadi.
International Business Times nashrining yozishicha, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Facebook ‘ni ikki xil standartlar namoyish qilishda ayblamoqda. Bu tanqidlarga hozircha biror rasmiy javob berilmadi.

“Xavfsizlik tekshiruvi” (Safety Check) funksiyasi 2014 yili ishga tushirilgan edi. Uch yil muqaddam Yaponiyada sodir bo‘lgan halokatli sunamidan so‘ng bunday xizmatni joriy qilishga qaror berilgan edi. Kompaniya rahbariyati odamlar ofatlar va halokatlar chog‘ida ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanishiga e'tibor qaratdi. Shu bois bir-birini topishning qulay instrumentini yaratdi.

Funktsiya shu paytgacha besh marta qo‘llangan edi: Afg‘oniston, Chili, Nepaldagi zilzilalar, Tinch okeanining janubiy qismidagi “Pem” sikloni hamda Filippindagi “Rubi” tayfunidan so‘ng.
Odatda ushbu xizmat tabiiy ofatlar chog‘ida ishga tushirilar edi. Parijdagi teraktlar istisno holatlar bo‘ldi.

Top