14:01 / 16.11.2015
2790

Motorola smartfonlari Android 6.0 bilan ta'minlanishi boshlandi

Motorola Moto X Style va Moto X 2014 qurilmalari Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimini o‘rnatish imkoniyatga ega bo‘lmoqda, deya xabar beradi Phandroid.

Hozirgi vaqtda mazkur operatsion tizimni o‘rnatish imkoniyati Braziliya va hindistonlik foydalanuvchilar uchun mavjud. Kompaniya Moto X Style qurilmasiining amerikacha talqinini (Moto X Pure Edition) ham qaytadan dasturlab yangi tizimni o‘rnatish imkoniyatini yaratmoqchi. Moto X 2013 qurilmasida esa Android 6.0.ni o‘rnatish imkoniyati bo‘lmaydi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Sony kompaniyasi Android 6.0. operatsion tizimini o‘z qurilmalariga o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘lganini ma'lum qilgandi.

Top