18:35 / 16.11.2015
3215

Mourino qishki transferlar vaqtida tarkibni kuchaytirish orqali muammolarni hal qilmoqchi

Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino muvaffaqiyatsiz mavsumiga qaramay iste'foga chiqarilmayapti. «Ko‘klar» murabbiyi o‘z navbatida qishki transferlar oynasi vaqtida bir qator futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olgan holda muammoni bartaraf etish niyatida. Bu haqda Evening Standard nashri xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, portugaliyalik mutaxassis yozgi transferlar paytida to‘g‘ri yo‘nalish olmaganini tan oldi va buni yanvar oyidayoq to‘g‘rilash niyatida ekanini bildirdi.

«Chelsi» sotib olishni xohlagan futbolchilarning asosiy uchligida «PSJ» himoyachisi Markinos, «Shaxtyor» hujumkor yarimhimoyachisi Aleks Teysheyra va «Lion» hujumchisi Aleksandr Lakazett qayd qilinmoqda.

Shuningdek, londonliklar iqtidorli yarimhimoyachilar Ruben Nevesh («Portu») va Marko Gruyichga («Tsrvena Zvezda») qiziqish bildirgan.

Bundan tashqari Mourino «Monako»dan ijaraga olingan Radamel Falkao va «Nant»dan xarid qilingan Papi Djilobodjilarni ortga qaytarib yubormoqchi.

Top