22:56 / 16.11.2015
4128

MRB direktori: bizda Parijdagi teraktlar haqidagi strategik ogohlantirish bo‘lgan

AQShning Markaziy razvedka boshqarmasida Parijda rejalashtirilayotgan teraktlar haqida strategik ogohlantirish bo‘lgan, deb aytdi MRB direktori Jon Brennan Vashingtondagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazidagi chiqishi paytida, deb xabar berdi NPR nashri.

“Bo‘lib o‘tgan teraktlar kutilmagan voqea bo‘lmadi. Bizda bu haqda strategik ogohlantirish bo‘lgan, biroq tafsilotlar bo‘lmagan”, deb aytdi Brennan.

Brennan maxsus xizmatlar xodimlari IShID jangarilarining imkoniyatlarini yetarlicha baholay olmaganlari haqidagi e'tirozlar bilan rozi bo‘lmadi. Brennan terrorchilarni “o‘zining halifaligiga e'tiborni qaratish maqsadida ataylab xorijda teraktlar uyushtirgan telbalar” deb atadi.

Top