18:36 / 16.11.2015
4528

Olmaliqda tatuirovka saloni egasi mijozlariga marixuana sotayotgani aniqlandi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida joylashgan tatuirovka chizish salonlaridan birining egasi Vadim muassasa hovlisida nasha o‘simligini o‘stirayotgani hamda uning hosilini mijozlariga sotib kelayotgani aniqlandi. Bu haqda “Na postu” nashri xabar bermoqda.

Aytilishicha, Vadim o‘smirligidanoq nashaga ruju qo‘yib, ayni paytda uning oldi-sotdisi bilan shug‘ullanib kelgan. Tirikchilik maqsadlarida u Rossiyaga yuk mashinasida meva tashigan. Giyohvand moddalar savdosi tufayli uch marotaba jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Qamoqdan chiqqach, Vadim tatuirovka salonini ochgan. Ayni paytda bu yerga keladigan mijozlarga nashar sotib kelgan.
Ammo bir kuni u 50 ming so‘mlik mariuxana moddasini sotayotganida IIV xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Sud qarori bilan Vadim to‘rtinchi marotaba qamoqqa olindi.

Top