14:42 / 16.11.2015
3084

Putin Erdo‘g‘an bilan Qozonda ikki tomonlama sammit o‘tkazishga kelishib oldi

Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyib Erdo‘g‘an Antalyada o‘tayotgan G20 sammiti doirasida uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar beradi RIA Novosti agentligi.

Bir soat davom etgan uchrashuvda, shuningdek, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Feridun Sinirlio‘g‘li, energetika vaziri Ali Rizo Alabo‘yin hamda Turkiya razvedka idorasi rahbari Xoqon Fidanlar ishtirok etishdi.

Ta'kidlanishicha, uchrashuv boshida Erdo‘g‘an Putindan Angela Merkel bilan uchrashuv qanday o‘tganini so‘raganida, Kreml yetakchisi “Good, very good” (“Yaxshi, juda yaxshi”) deb javob bergan.
Tomonlar 15 dekabr kuni Qozon shahrida o‘tkaziladigan ikki tomonlama sammit borasida kelishuvga erishishgan. Shuningdek, tadbirning tashkiliy tomonlari muhokama qilingan.

Top