16:55 / 16.11.2015
4182

Putin va Kemeron IShIDga qarshi kurash masalasini muhokama qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Turkiyada G20 sammiti maydonida uchrashib, terrorizmga qarshi kurash masalasini muhokama qilishdi, deya xabar qilmoqda RIA “Novosti”.

“Terrorizmga, IShIDga qarshi kurash batafsil muhokama qilindi va mazkur sohadagi hamkorlikning zarurati, terrorizmga qarshi kurash ishida ko‘p tomonlama hamkorlikning muqobilsiz nuqtai nazarlari qayd etildi”, - dedi Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Reuters agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Putin suhbat doirasida Kemerondan aynan IShID mavzusida kuchlarni bir joyga to‘plashni so‘ragan. Bundan muhoakamalar manzarasida Britaniyaning IShIDga qarshi harbiy amaliyotlarda ishtirok etish ehtimoli ko‘zga tashlanmoqda.

Top