08:23 / 16.11.2015
5622

Shifokorlar Parij terakti qurbonlari aniq sonini ma'lum qildi

Fransiyalik shifokorlarning aniq ma'lumot berishlariga ko‘ra, Parij terakti qurbonlarining rasmiy soni 129 nafarni tashkil etadi, ular 132 nafar emas. Bu haqda Le Figaro xabar bermoqda.

Ushbu ma'lumotni Parij birlashgan shifoxonalari va poytaxt viloyatlari tashkiloti taqdim etgan.

Shifokorlar, shuningdek, teraktlarda qurbon bo‘lganlarning sonini faqatgina poytaxt prokurori ma'lum qilish huquqiga ega ekanligini ham ta'kidlab o‘tishgan.
Avvalroq halok bo‘lganlar soni 132 nafarni tashkil etayotgani to‘g‘risida ma'lumotlar tarqatilgan edi.

Top