15:54 / 16.11.2015
6311

Surxondaryodagi shifoxonalar soni qisqarmoqda

Surxondaryo viloyatida bugungi kunda 2 mln 358 ming 778 kishi istiqomat qilib kelmoqda. 2014 yil yakunlariga ko‘ra mintaqada 40ta shifoxona, 280 ambulator poliklinika, xususan, 245ta qishloq vrachlik punktlari ishlayotgan edi.

Ayni paytda shifoxonalar soni 38tagacha qisqardi. Jumladan, Denovdagi teri-tanosil dispanseri (30 o‘rinli), hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy terapiya va tibbiy reabilitatsiya markazi Termiz filiali (140 o‘rinli) yopilib ketdi.

Shu bilan bir qatorda, joriy yilda 2 ambulator poliklinika berkildi. Xususan, Muzrobod va Uzun tumanlaridagi ko‘p ixtisosli markaziy poliklinikalarning yuridik maqomi bekor qilindi. Telegraf.uz resursining yozishicha,

2014 yilda “Jayraxona” fizioterapevtik shifoxonasi hamda “Vandob” sanatoriysi to‘laligicha o‘z-o‘zini moliyalashtirishga o‘tkazilib, davlat unitar korxonalariga aylantirildi. Joriy yilda tibbiy muassasalarda davolanishga mo‘ljallangan o‘rinlar soni mintaqada 7 315tadir. Har 10 ming kishiga 31ta o‘rin to‘g‘ri kelmoqda.

Top