16:13 / 16.11.2015
6445

Tojikistonda 300 metr chuqurlikka qulab tushgan avtobus ichida 2 yoshli qizcha tirik qoldi

Tojikistonning tog‘li darasida 300 metr pastlikdagi jarga qulab tushgan mikroavtobus ichida bo‘lgan 2 yoshli qizcha tirik qoldi. Bu haqda Tojikiston telegraf agentligi xabar tarqatgan.

Mamlakat IIV ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu avariyaga tosh ko‘chkisi sabab bo‘lgan, mikroavtobusga tosh kelib urilishi tufayli, u jarlikka qulagan. Halokatga yo‘liqqan bu transport vositasi Xo‘jand-Dushanbe yo‘lida harakatlanayotgandi.

Biroz oldinroq, bu YTH oqibatida 4 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Shunga o‘xshash hodisa shu yilning avgust oyida ro‘y bergandi. O‘shanda mamlakat janubi-sharqidagi avtotrassada harakatlanayotgan avtomashinaga harsangtosh kelib urilishi tufayli u Panj daryosiga qulagan va natijada undagi barcha insonlar (5 kishi) halok bo‘lgandi.

Top