07:57 / 16.11.2015
2752

Vengriya Yevro-2016 turniriga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

15 noyabr oqshomida Vengriya hamda Norvegiya terma jamoalari o‘rtasida Yevropa chempionati uchun saralash bahslari pley off bosqichining javob o‘yini o‘tkazildi. Unda 2:1 hisoib qayd etilib, ikkinchi uchrashuvda ham vengriyaliklar g‘alaba qozondi.

Dastlab o‘yinning 14-daqiqasida Prishkin hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 83-daqiqasida esa Nyulandning avtogoli hisob 2:0 ko‘rnish olishini ta'minladi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tgach, Xenriksen bitta golga javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Uchrashuv oxiriga qadar mazkur natija saqalnib qoldi.

Shu tariqa, Vengriya javob uchrashuvida ham Norvegiyani yengib, 2016 yilgi Yevropa chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Birinchi o‘yinda vengrlar safardan 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgandi.

Vengriya – Norvegiya 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 14 Prishkin, 2:0 – 83, avtogol Nyuland, 2:1 – 87 Xenriksen.
Vengriya – Kiray, Guzmich, Kadar, Fiola, Lang, Klyaynxaysler (Nemet, 75), Elek (Pinter, 46), Nad, Lovrenchich, Djudjak, Prishkin (Bode, 62).
Norvegiya – Nyuland, Xovland, Forren, Aleesami, Elabdellaui, Xenriksen, Shelbred (Berget, 80), Edegor (Xellann, 46), Yuxansen, Elyunussi (Pedersen, 46), Tetti.
Ogohlantirishlar: Yuxansen (11), Forren (65), Nad (72), Bode (81).

Top