16:37 / 17.11.2015
5729

Amerikalik jarrohlar kuyib qolgan o‘t o‘chiruvchiga yangi yuz ko‘chirib o‘tkazishdi

Amerikalik jarrohlar inson yuzini ko‘chirib o‘tish jarrohlik amaliyotida rekord darajadagi murakkab opretsiyani amalga oshirishdi. 26 soat davom etgan jarrohlik amaliyoti vaqtida 41 yoshli yong‘in o‘chiruvchi Patrik Xardison yuziga yangi yuz qo‘yish uchun rekord darajada to‘qima tushdi. Natijada bemorning yuzi deyarli to‘liq ko‘rinishda boshqa yuzga almashtirildi.

Xardison 2001 yilda olov ichida qolgan ayolni qutqarish jarayonida yuz qismi qattiq kuygandi. Yong‘indan keyin uning ko‘zlari deyarli ko‘rmay qolgan, yuzi esa butunlay kuyib ketgan. So‘nggi 14 yilda uni 71 marotaba operatsiya qilishgan, biroq har safar amaliyot muvaffaqiyatsiz chiqqan.

Unga 26 yoshli nyu-yorklik rassom Devid Rodebau yuz donori vazifasini o‘tab bergan. Operatsiyadan bir yil oldin u ko‘cha poygalarida ishtirok eta turib mototsiklda halokatga uchrab vafot etgandi. «Biz ideal darajadagi donor qidirdik», — deydi jarroh Eduardo Rodrigez. Rodebauning yuzidan foydalanish uchun uning onasi rozilik bergan.

Jarrohlik amaliyoti vaqtida shifokorlar bemorga yangi yuzning «osilib» qolmasligi uchun bosh suyagiga kichik o‘zgartirish kiritishga to‘g‘ri keldi. Tez orada Xardisonning ko‘rish qobiliyati qaytishi kutilmoqda.

Bu tibbiyot sohasida eng ko‘p to‘qima ishlatilgan yuzni ko‘chirib o‘tish amaliyoti sanaladi. Bungacha bu turdagi amaliyotlar bo‘lgan esada unda juda kam qismlar almashtirilgandi. Yuz ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasida birinchi bemor fransuz Izabel Dinuar bo‘lgan. U 2005 yilda jarrohlik amaliyotini o‘tagandi.

Top